18 oktyabr kuni jahonda 600 ming nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu 17 oktyabr sanasiga nisbatan qariyb 70 mingta ko`p ko`rsatkichdir. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eng yuqori kunlik holatlar quyidagi mamlakatlarda ro`yxatga olindi:
Germaniya — 130 ming,
Fransiya — 87 ming,
Italiya — 58 ming,
Tayvan — 45 ming,
Yaponiya — 42 ming,
Janubiy Koreya — 29 ming,
AQSh — 28 ming,
Niderlandiya — 11 ming,
Rossiya — 9 ming,
Avstriya — 9 ming.






