"O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga moddiy madaniy meros ob`ektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo`lganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Ushbu huquqbuzarlik og`irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka ma`muriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo`ladi.
20.10.2022 04:38
Axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etganlarga javobgarlik kuchaytirildi






