Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi har bir maktabdan 200 nafar o`quvchi sirk tomoshalariga majburan olib borilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holatga oydinlik kiritish uchun Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi vaziyatni o`rgandi.
Ma`lum bo`lishicha, haqiqatan ayni kunlarda Toshkentda sirk tomoshalari qo`yilmoqda.
Aytilishicha, har bir tomoshaning chipta bahosi 40 ming so`mdan 100 ming so`mgacha qilib belgilangan.
Bu sirkni tashkil etishga katta hissa qo`shgan tadbirkor “Xalqimiz sirk tomoshalarini o`z xohishlariga ko`ra katta qiziqish bilan kuzatishmoqda. Hozircha chiptalarimizni majburiy sotish va tomoshabinlarni majburan sirkka jalb etishimiz uchun ehtiyoj yo`q. Xabarda ta`kidlanganidek, seanslar kuniga uch marta emas, atigi bir marta namoyish etilmoqda, xolos”, deya ta`kidladi.
Poytaxt maktablaridagi vaziyat o`rganilganda yuqoridagi xabar asossiz bo`lib chiqdi. Hech bir ta`lim muassasasida bunaqa tashabbus kuzatilmagan, deyiladi xabarda.






