AsosiyJamiyat

⚡️ Termiz xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to`xtatadi

'⚡️ Termiz xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to`xtatadi'ning rasmi

2022 yil 1 noyabrdan 25 dekabrgacha Termiz xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko`rish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo`natishni vaqtincha to`xtatadi.

“Uzbekistan Airports” bu haqda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo`lgan yangi uchish-qo`nish yo`lagi qurilishi to`liq yakunlandi. 

"Deyarli ikki oy muddatda yurish yo`laklarini yangi uchish-qo`nish yo`lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik va radionavigasiya qo`nish tizimlarini o`rnatish bo`yicha ishlarni yakuniga etkazish rejalashtirilmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar