JSST jismoniy faollik bo`yicha hisobotini e`lon qildi. Unga ko`ra 2020-2030 yillarda kamharakatlik tufayli 500 million odam oldini olish mumkin bo`lgan noyuqumli kasalliklarga chalinadi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
Tashkilot bu kasallikni davolashga 300 milliaard dollardan ko`p pul sarflanishini ta`kidlagan. Kasallikning qariyb yarmi (47%) gipertoniya, 43%i esa depressiya sababli yuzaga keladi.
Barcha holatlarning 3/4 qismi daromad darajasi o`rtacha bo`lgan mamlakatlarda kuzatiladi.
Shuningdek hisobotda COVID-19 pandemiyasi jismoniy faollikning kasalliklardan tuzalishga ta`sirini isbotlagani aytiladi.






