AsosiyJamiyat

Toshkentda bir nechta maktab o`quvchilari o`zaro janjallashdi, ma`lum bo`lishicha...

'Toshkentda bir nechta maktab o`quvchilari o`zaro janjallashdi,  ma`lum bo`lishicha...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o`quvchilari o`zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Holat yuzasidan IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, videoda aks etgan holat 2019 yilning 25 aprel kuni Yashnobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo`lgan. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma`muriyati va mahalla faollari ishtirokida voyaga etmagan qizlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o`tkazilgan. Janjalda ishtirok etgan voyaga etmaganlarning ota-onalari O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan. 
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yana tarqalayotgan mazkur video aslida 2020 yilning fevral oyida tarqalgan va 
"Shu o`rinda ijtimoiy tarmoqlar faollaridan shov-shuv ko`tarish maqsadida eski videolarni takroran tarqatmasliklarini, tarqalgan videolar bo`yicha berilgan munosabatlarni ilova qilib sharh qoldirishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.
 

    Boshqa yangiliklar