Telegram ijtimoiy tarmog`ida Davaktiv agentligi nomidan soxta akkaunt ochilgani va ushbu akkauntda chop etilgan xabardagi havola orqali bir martalik moddiy nafaqa pullari to`lanishi haqida yolg`on axborotlar tarqatilmoqda.
Davaktiv agentligi mazkur xabar va akkaunt haqiqatga mutlaqo to`g`ri kelmasligini ta`kidlaydi va yurtdoshlarni bu kabi "feyk" ma`lumotlarga ishonmaslikka chaqiradi.
"Vatandoshlarimizni bank kartalarining ma`lumotlarini hech qanday sharoitda, hech kimga ma`lum qilmasliklari va shu orqali firibgarlarning nayranglariga tushib qolmasliklari haqida ogohlantiramiz", - deyiladi xabarda.






