AsosiyJamiyat

"Ovora bo`lmang, biz baxtli bo`lamiz!" Xonandalar Dilso`z va Farruh oilasini saqlab qoldi

'"Ovora bo`lmang, biz baxtli bo`lamiz!" Xonandalar Dilso`z va Farruh oilasini saqlab qoldi'ning rasmi

Sal avval xonanda Farruh Raimov Dilso`z bilan oilasi barbod bo`lganini aytib, prezidentdan yordam so`ragan edi. Kutilmagan xabar jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Farruh Raimovning murojaatidan so`ng, uning rafiqasi, shuningdek ayrim xonandalar ham o`z munosabatlari bilan chiqish qildi. Dastavval "gapirsam, gap ko`p, ammo dardimni doston qilmoqchi emasman" degan Dilso`z, sal o`tib oilasi buzilishiga pul emas, erining boqimandaligi sababdek ko`rsatdi. Farruh Raimov esa har bir e`lon qilgan videomurojaatida turmush o`rtog`i boshqalar tomonidan "yo`ldan urilayotgan"i, noto`g`ri maslahatlar berilayotganini aytib, oilasini saqlab qolish niyatida ekanini ma`lum qilgan. 

Sal avval xonanda Dilso`zning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi xabar paydo bo`ldi. Xabarni uning turmush o`rtog`i ham o`z sahifasida ulashdi. Unga ko`ra, u Farruh Raimov bilan yarashib, o`z oilasini saqlab qolish niyatida ekanini bildirgan. Shuningdek, ularning oilasi buzilishini istagan ayrim odamlarga, "niyatingizga eta olmadingiz, men xato qilganimni angladim. Ishonuvchanligim va soddaligim pand berdi, ayrimlarning gapiga ishondim. Oilam buzilishini istayotganlar va kutayotganlar ovora bo`lmang, biz baxtli bo`lamiz", deya yozib qoldirganDilso`z.

    Boshqa yangiliklar