AsosiyJamiyat

Toshkentda o`tkazilgan olimpiadada yuqori o`rinlar puldor o`quvchilarga berildimi?

'Toshkentda o`tkazilgan olimpiadada yuqori o`rinlar puldor o`quvchilarga berildimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 12-16 oktyabr kunlari Yashnobod tumanida o`quvchilar o`rtasida asosiy fanlar olimpiadasi tuman bosqichi noxolis o`tganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Unga ko`ra, olimpiadada yuqori o`rinlar puldor o`quvchilarga berilgan. XTV vaziri nomiga yo`llangan murojaatda g`oliblarning bilimi qayta nazoratda o`tkazilsa, barchasi ayon bo`lishi aytilgan.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh yuqoridagi holat yuzasidan o`rganish olib borildi.

Unga ko`ra, Yashnobod tumanidagi 255-sonli umumta`lim muassasasida asosiy fanlar olimpiadasi II bosqichida 11 ta fan bo`yicha 33 ta maktabning 9-11 sinf o`quvchilari qatnashgan.  Unda maktab bosqichida saralab olingan  1020 nafar iqtidorlilar o`zaro bilimlarini sinovdan o`tkazishgan. Tuman bosqichi faqat test topshiriqlaridan iborat bitta turda o`tkazilgan. Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlarida test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa, qolgan ikkinchi guruh fanlariga 60 daqiqa vaqt ajratilgan. Jarayon to`liq onlayn tarzida Feysbuk ijtimoiy tarmog`i orqali yoritilgan.

Qayd etilishicha, tuman bosqichining xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida uyushtirish uchun tashkilotchilar tomonidan barcha zarur choralar ko`rilgan. Jumladan, har bir fan bo`yicha olimpiada javoblari o`sha kunning o`zida e`lon qilingan. Har bir auditoriyadagi imtihon jarayonlari to`liq tashkilotchilar hamda hakamlar hay`atining nazoratida bo`lib, videokameralar orqali kuzatib borilgan. Jumladan, hakamlar hay`ati ham o`z faoliyatini olimpiada Nizomida belgilangan tartibda tashkil etgan. 

Ishchi guruhga ko`ra,  hech qanday noxush va tartib-qoidalarning buzilish holatlari kuzatilmagan va ijtimoiy tarmoqda berilgan xabar o`z tasdig`ini topmagan degan xulosaga kelingan.

 

    Boshqa yangiliklar