“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati 2022 yil 18 oktyabr kuni HY-745/746 Toshkent – Tbilisi – Toshkent yo`nalishidagi qatnovlar vaqti o`zgarganini ma`lum qildi.
Unga ko`ra, parvoz quyidagi jadval (mahalliy vaqt) bo`yicha amalga oshiriladi:
Toshkentdan uchib ketish: 11:10 (08:40 o`rniga)
Tbilisiga etib borish: 13:30 (11:00 o`rniga)
Tbilisidan uchib ketish: 14:30 (12:00 o`rniga)
Toshkentga etib borish: 18:30 (16:00 o`rniga).






