AsosiyJamiyat

SSV "Tez yordam"ga eng ko`p yolg`on chaqiriq kelib tushadigan 3 ta viloyatni ma`lum qildi

'SSV "Tez yordam"ga eng ko`p yolg`on chaqiriq kelib tushadigan 3 ta viloyatni ma`lum qildi'ning rasmi

2022 yilning 9 oyida “103” xizmatiga jami 4 ming 452 ta yolg`on chaqiriq kelib tushdi, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur ko`rsatkichni o`tgan yilning ayni shu davri bilan taqqoslansa, asossiz murojaatlar soni 2 barobarga kamaygan. Ya`ni, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida bunday chaqiriqlar soni 8 ming 27 tani tashkil qilgan edi.

Ammo ayrim hududlarda hamon yolg`on murojaatlar soni yuqoriligicha qolmoqda.

Tahlillarga ko`ra, joriy yilning o`tgan to`qqiz oyi davomida eng ko`p bunday chaqiriq Toshkent viloyatida qayd etilib, mazkur raqam 1 ming 208 tani tashkil etdi. Keyingi o`rinda 590 ta chaqiriq bilan Qashqadaryo viloyati joylashgan. Shuningdek, Farg`ona viloyatidan 587 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Ta`kidlanishicha, 2022 yilning 6 oyida Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan 2727 ta murojaat yolg`on chaqiriq deb baholangan edi.

    Boshqa yangiliklar