AsosiyJamiyat

Vodiydan Toshkentga ketayotgan "Isuzu" Qamchiq dovonida jarlikka tushib ketdi (video)

'Vodiydan Toshkentga ketayotgan "Isuzu" Qamchiq dovonida jarlikka tushib ketdi (video)'ning rasmi

Kecha, 16 oktyabr kuni A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining 223 kmda “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlangan, ISUZU rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l o`rtasidagi temir to`siqqa urilganligi sababli yo`lning qarama-qarshi yo`nalishi orqali pastki jarlikka tushib ketgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.   

Voqea joyiga, FVVning "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan etib borib, jarlikka tushgan yuk mashinasini maxsus texnikalar yordamida chiqarib olishgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan ISUZU haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar