Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali hamshirasi, jizzaxlik mahallasida yashovchi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib, ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati.
Unga ko`ra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million so`m, G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so`m, T.B.ning nomiga 11 million so`m va Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi G.J.ning nomiga esa 16 million so`m kredit olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






