AsosiyJamiyat

Namanganda ilk bor xalqaro asal festivali bo`lib o`tadi

'Namanganda ilk bor xalqaro asal festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

28-30 oktyabr kunlari Namangan shahridagi «Afsonalar vodiysi» istirohat bog`ida Birinchi Namangan xalqaro asal festivali o`tkaziladi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

Festival Turizm va madaniy meros vazirligi Namangan viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Festival davomida 250 dan ortiq mahalliy va xorijlik asalarichilar o`z mahsulotlarini namoyish etadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari asal mahsulotlari, asalarichilik, asal yig`ish va asalari uylari haqida barcha ma`lumotlarni bilib olish, qolaversa, asal mumidan malham ishlab chiqarish, asalarichilik hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash, asalning bir nechta navlarini tatib ko`rish imkoniga ega bo`ladilar.

Bundan tashqari, tadbir dasturidan respublikamizda qishloq xo`jaligi turizmini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan «Ilmiy-amaliy konferensiya» va asal ko`rgazmalari, sport musobaqalari, mehmonlar uchun konsert, shuningdek asalarichilik sohasidagi etakchi mahalliy va xorijlik asalarichilik sohasidagi mutaxassislardan mahorat darslari o`rin olgan.

Festival doirasida «Afsonalar vodiysi» istirohat bog`ida «Eng yaxshi qadoqlangan asal» va «Eng tabiiy asal» nominasiyalari bo`yicha tanlovlar o`tkazish ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar