Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat fuqarolik xizmatchilari namunaviy qoidalari hamda Odob-ahloq komissiyasi to`g`risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Bu bilan fuqarolik xizmatchilarining kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-ahloq qoidalari tartibga solinadi.
Namunaviy qoidalarga ko`ra, xizmatchilar o`z faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
- davlat xizmatining obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
- mas`uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
- murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko`maklashish va boshqadar.
Ma`lumot o`rnida, davlat organlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25 oktyabr sanasiga qadar o`z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-ahloq qoidalarini tasdiqlaydi.






