Ozarbayjon va Armaniston harbiylari ikki davlat chegarasidagi pozisiyalari o`qqa tutilganini ma`lum qildi, deb xabar beradi "RIA Novosti".
"14 oktyabr oqshomidan 15 oktyabrga qadar Armaniston Qurolli Kuchlarining Garissiy tumanidagi Xazinvor va Vardenskiy tumanidagi Gyuneshli aholi punktlari yo`nalishida joylashgan bo`linmalari turli kalibrdagi qurollardan armiyamizning Lochin tumanidagi Gajilar va Dashkesan tumanidagi Tezekend aholi punktlari yo`nalishida pozisiyalarini o`qqa tutdi", deyiladi Ozarbayjon mudofaa idorasi matbuot xizmati xabarida.
Bayonotda keltirilishicha, Ozarbayjon armiyasi bo`linmasi javob zarbalarini amalga oshirgan.
Armaniston Mudofaa vazirligi o`q uzishda Ozarbayjon tomonini ayblagan. "15 oktyabr kuni soat 01:20 larda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo`linmalari turli kalibrdagi o`qotar qurollardan arman—ozar chegarasining sharqiy qismida joylashgan Armaniston pozisiyalariga o`t ochgan", deyiladi idora xabarida. Ta`kidlanishicha, hozirda chegaradagi vaziyat nisbatan barqaror.






