Gidrometeorologiya markazining etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov oxirgi 5 yillikdagi 15 oktyabrya bo`yicha kun xronologiyasi e`lon qildi.
2018 yil 15 oktyabr. Respublika hududlari, xususan Namangan viloyatiga ham shimoldan sovuq havo oqimi kirib kelgan. O`rtacha sutkalik harorat iqlimiy me`yoriy ko`rsatkichlardan 5 darajagacha pasaygan.
Hatto, Namangan viloyatining tekislik hududlarida ham kechasi yog`ayotgan yomg`irning qorga aylanib ketish prognozlari taqdim etilgan. Bir so`z bilan aytganda, o`sha kuni "yaxshigina" sovuq bo`lgan.
2019 yil. 15 oktyabr. Tog`larda biroz yog`ingarchilik kuzatilgan. Harorat iqlimiy me`yordan biroz past kuzatilgan. Qamchiq dovonida harorat nol darajagacha pasaygan.
Namangan viloyati hududlari uchun noyabr oyida kutilayotgan maslahatomus ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.
2020 yil 15 oktyabr. Quyoshli kun. Harorat +23 daraja issiq bo`lishi prognoz qilingan.
Farg`ona viloyati respublikada birinchilardan bo`lib, paxta planini 100 % ga topshirgan.
2021 yil. 15 oktyabr. Quyoshli kun. Havo harorati maksimal +25 daraja issiq bo`lishi prognoz qilingan.
Iqlim o`zgarishi tufayli, Rossiyada yangi iqlim migrantlari paydo bo`lishi, O`zgidromet bosh direktori o`rinbosari mas`ul tashkilot vakillariga O`zbekistonda metan bo`yicha global majburiyatlarga qat`iy amal qilish, "Tuproqsifat tahlil" DUK tomonidan kuzgi bug`doy ekish uchun optimal muddatlar prognozi to`g`risida tahliliy materiallar tayyorlangan.
Umuman olganda, bugungi 15 oktyabr sanasi oxirgi 5 yillikdagi eng issiq kundir. 2018 yilning 15 oktyabri sovuq va yog`inli, 2020-2021 yillar quruq, quyoshli va 2019 yilning mazkur sanasi biroz sovuqroq, bulutli iqlim sharoitini taqdim etgan.
15.10.2022 11:15
Bugun oxirgi 5 yillikdagi eng issiq kun bo`ldi






