AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida jazo o`tayotgan mahkumlardan biri ikkinchisini o`ldirib qo`ydi (video)

'Toshkent viloyatida jazo o`tayotgan mahkumlardan biri ikkinchisini o`ldirib qo`ydi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi jazoni o`tash manzil koloniyasida ikki mahkum o`rtasida janjal sodir bo`ldi. Bu haqda ”Zamon“ informasion dasturida xabar qilindi.

Ma`lum qilinishicha, 50-sonli manzil koloniya yotoqxonasida ilgari to`rt marotaba sudlangan shaxs o`zaro tortishuv vaqtida boshqa bir mahkumga tan jarohati etkazgan.

”Kechasi qo`lida temir bor edi, menga otdi. Men esa uning iyagiga urdim, u o`ng oyog`i sirpanib ketib, erga tushdi”, — deydi ayblanuvchi.

Ayblanuvchi Sh.X. Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi ”d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. 
Uning o`talmay qolgan jazosini qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
 

    Boshqa yangiliklar