AsosiyJamiyat

⚡️Chirchiqda 3 nafar harbiy bankomatlardan pul o`g`irlashga uringani aytilmoqda. Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi (video)

'⚡️Chirchiqda 3 nafar harbiy bankomatlardan pul o`g`irlashga uringani aytilmoqda. Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida 3 nafar harbiy xizmatchi tomonidan bankomatlardan pul o`g`irlashga urinish holati sodir etilgani bo`yicha ma`lumotlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, harbiy xizmatchilar toifasiga O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralarning qo`shinlar tarkibida xizmat qilayotgan shaxslar kiradi.

Qo`lga olingan harbiy xizmatchilarning Mudofaa vazirligiga hech qanday aloqasi yo`q, ular Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo`shinlari harbiy xizmatchilaridir.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ma`lumotlar tarqatishdan avval harbiy xizmatchilar qaysi bir vazirlik yoki idora vakili ekanligi aniqlangandan so`ng, aniq faktlarga asoslangan holda tarqatilishi maqsadga muvofiqdir.  Umumiy ravishda tarqatilgan ma`lumotlar barcha vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari sha`niga putur etkazishi mumkin”, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar