AsosiyDunyo

Turkiyada kon portladi. 25 kishi halok bo`ldi, yana qirqqa yaqin konchi jarohatlangan

'Turkiyada kon portladi. 25 kishi halok bo`ldi, yana qirqqa yaqin konchi jarohatlangan'ning rasmi

Turkiya Sog`liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja bergan ma`lumotga ko`ra, Amasra shahridagi konda yuz bergan portlashida 25 kishi halok bo`lgan, 40 nafarga yaqin konchi jabrlangan, 11 kishi esa shifokorlar nazoratida deya yozmoqda “zamon.uz“. 

”Afsuski, Batin provinsiyasida sodir bo`lgan baxtsiz hodisada 25 kishi halok bo`ldi. 11 kishi davolanmoqda. Ulardan birining ahvoli og`ir, 4 nafari jonlashtirish bo`limida. 6 nafar konchi samolyotda Istanbul shahar kasalxonasining kuyish bo`limiga etkazildi”, — deyiladi vazirning ijtimoiy tarmoqdagi postida.

    Boshqa yangiliklar