AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pensiya olish huquqiga ega bo`ladigan xodimlar ro`yxati tuziladi

'O`zbekistonda pensiya olish huquqiga ega bo`ladigan xodimlar ro`yxati tuziladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan (592-son, 13.10.2022 y.) Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vao`irligi xabar qilli. 

Mazkur nizom davlat pensiyalarini tayinlash, pensiya imtiyozlarini qo`llash, qayta hisoblash, tiklash, to`lash, pensiyadan chegirma qilish, fuqarolarning pensiya va boshqa to`lovlar bilan ta`minlashga doir masalalarini hal qilish tartibini belgilaydi.

Tashkilotlar ma`muriyati har yili dekabrda shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo`ladigan xodimlar ro`yxatini tuzadi.

Fuqaro pensiya tayinlashni so`rab pensiya olish huquqi paydo bo`lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish huquqiga ega.

Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar quyidagilardan olinganida Pensiya jamg`armasi bo`limi pensiya tayinlash uchun mavjud ma`lumotlarni tekshirish to`g`risida qaror qabul qilishiga yo`l qo`yilmaydi:

jamg`arib boriladigan pensiya tizimidan;

pensiya jamg`armasiga o`tkazilgan sug`urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestridan;

fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestridan;

yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik, idoralarning axborot tizimlaridan.

 Quyidagilarni tayinlashni so`rab murojaat qilganda ilova qilinishi zarur bo`lgan hujjatlar va ma`lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud bo`lgan hollarda ilova qilinmaydi:

yoshga doir pensiya tayinlashni;

nogironlik pensiyasini tayinlashni;

boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini tayinlashni;

 Pensiya tayinlashni so`rab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamg`armasi bo`limi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam ko`rsatadi.

 

    Boshqa yangiliklar