Yangihayot tumanida texnik inspektor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, sobiq “Toshissiqquvvat” DUK hozirda “Veolia Energy Tashkent” XK MChJ tuman boshqarmasi texnik inspektori B.J. fuqaro F.ning xonadonida issiq suv iste`moli uchun mavjud bo`lgan 6,2 mln so`m qarzdorlikni yo`q qilib berish hamda qarzdorlik mavjud emasligi haqida elektron ma`lumot tayyorlab berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og`dirib olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






