BMT Bosh kotibi AQSh, EI va Buyuk Britaniya bilan Rossiya o`g`it hamda oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi cheklovlarni olib tashlash bo`yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
Ma`lum qilinishicha, Gutterish noyabrda muddati tugaydigan “g`alla kelishuvi”ning butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega ekanini aytgan. Istanbulda imzolangan ushbu shartnomaga muvofiq Ukraina donini eksport qilish tiklandi. Buning evaziga Rossiya qishloq xo`jaligi mahsulotlari va o`g`itlarini jahon bozoriga chiqarishga ruxsat berilishi kerak edi.
"Kelishuv natijasida Ukrainadan 7 million tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqildi", — deyiladi xabarda






