AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston birgalikda engil avtomobillar ishlab chiqaradi

'O`zbekiston va Qirg`iziston birgalikda engil avtomobillar ishlab chiqaradi'ning rasmi

12 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev Qirg`iziston Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muso Jamanbaev bilan uchrashuv davomida

Suhbat davomidat sanoat kooperasiyasining yangi istiqbolli qo`shma loyihalarini ishlab chiqish, savdo shartnomalarini tuzish, Bishkek shahrida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`shma komissiyaning 10-yig`ilishi hamda ikki mamlakat hududlari rahbarlarini jalb qilgan holda biznes-forum o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish maqsadida O`zbekiston Hukumati delegasiyasining tashrifini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ma`lum bo`lishicha, jarayonda 2022-2025 yillarga mo`ljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperasiyasini rivojlantirish dasturini, shuningdek, Qishloq xo`jaligi texnikasi va engil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to`g`risidagi Bitim hamda Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik to`g`risida Bitimni ishlab chiqish bo`yicha kelishuvga erishildi. 

Bu haqda Investisiya va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan O`zbek - Qirg`iz taraqqiyot jamg`armasi faoliyatini muhokama qildilar. Jamg`arma mablag`larini jalb qilgan holda Qirg`izistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.

"Suhbat yakunida muhokama qilingan yo`nalishlar doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilish maqsadida birgalikda ish olib borishni davom ettirishga sodiqlik bildirildi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar