AsosiyDunyo

Rossiyada safarbarlik qachon yakunlanishiga oydinlik kiritildi

'Rossiyada safarbarlik qachon yakunlanishiga oydinlik kiritildi'ning rasmi

RF rahbari Vladimir Putin "Markaziy Osiyo – Rossiya" sammiti doirasida  o`tkazilgan matbuot anjumani davomida safarbarlik qachon yakunlanishiga oydinlik kiritdi.

"Mudofaa vazirligi dastlab qisman safarbarlik doirasida kamroq sonli odamlarni chaqirishni maqsad qilgan. Safarlashtirilganlar sonini (300 ming kishi) oshirish rejalashtirilmagan, dedi u. Putinning qo`shimcha qilishicha, qisman safarbarlik sifati yaxshilanadi, ammo hozirda tarkibda 222 ming qo`shin safarbar etilgan. Qo`shimcha hech narsa rejalashtirilmagan. Men hech qanday ehtiyojni ko`rmayapman. Bu ish (safarbarlik) allaqachon tugayapti. O`ylaymanki, taxminan ikki hafta ichida barcha safarbarlik tadbirlari yakunlanadi".

Putinning qayd etishicha, safarbar etilgan barcha ruslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi kerak.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Rossiya rahbari Bayden bilan uchrashish masalasida gap ochgani haqida yozgandik.

    Boshqa yangiliklar