AsosiyJamiyat

Surxondaryo hokimi To`ra Bobolovning lavozimidan ozod etilgani rad etildi

'Surxondaryo hokimi To`ra Bobolovning lavozimidan ozod etilgani rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda To`ra Bobolov lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda” degan mazmunda tarqalgan xabarlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:

Norasmiy manbalar tomonidan tarqatilgan xabarlarda go`yoki Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolovning o`rnini bo`shatishi aniq bo`lgani, biroq uning o`rniga nomzod tanlanayotgani bois jarayon biroz cho`zilayotgani aytiladi.

Bu xabarlar mutlaqo asossiz bo`lib, vohadoshlarimizdan norasmiy manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi bu kabi asoslanmagan yolg`on ma`lumotlarga ishonmasliklarini  so`raymiz.

 Eslatma:

Aholi o`rtasida yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
 

    Boshqa yangiliklar