Sherobod tumanining “Qo`rg`on” mahallasida yashovchi, T.Diyora (ism shariflar o`zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi, D.Javohir 2019 yildan hozirgi kunga qadar unga uylanishini aytib, jami 100 000 000 (bir yuz million) so`mlik narsa buyumlarini o`zlashtirib ketganligini bildirgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, 5 oktyabr kuni D.Javohirga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






