AsosiyJamiyat

Samarqandda ayanchli avtohalokat: 5 kishi voqea joyida vafot etdi

'Samarqandda ayanchli avtohalokat: 5 kishi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Samarqanddagi mudhish YTHda 5 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

Aniqlanishicha, 13 oktyabr kuni soat 19:00 M-37A aylanma avtomobil yo`lining 37-kilometrida fuqaro 30 yoshli J.Murotov boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinasida Toshkent—Buxoro yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotib, avtomashina boshqaruvini yo`qotgan va yo`lning qarama-qarshi yo`nalishlarini ajratib turgan metall to`siqqa to`qnashgan.

Oqibatda haydovchi J.Murotov, yo`lovchilar 25 yoshli Yo.Umarov, 41 yoshli R.Ergasheva, 44 yoshli A.Usmonova va 34 yoshli M.G`oyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar