Salkam 50 yil vaqt ichida sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning populyasiyasi o`rtacha 69 foizga kamaydi. Bu o`rmonlarning kesilishi, sanoat miqyosida atrof-muhitning ifloslanishi fonida sodir bo`lgan.
“The Guardian” nashriga tayanib, "Zamin.uz"ning yozishicha, 1970-2018 yillar oralig`ida hayvonlar populyasiyasida tez pasayish kuzatilgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida, jumladan, Amazonkada yovvoyi hayvonlar populyasiyasining eng keskin qisqarishi ro`y bergan.
Ikkinchi eng katta pasayish Afrikada – 66 foiz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – 55 foiz va Shimoliy Amerikada – 20 foiz. Evropa va Markaziy Osiyoda esa pasayish 18 foizni tashkil etdi.
Erdan foydalanishning o`zgarishi hali ham sayyoradagi biologik xilmaxillikni yo`qotishning eng muhim omili bo`lib qolmoqda. Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, hayvonlar uchun yashash tobora qiyinlashib bormoqda.






