Ertaga, 14 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasining Ostona shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo`lib o`tadi.
Tadbir davomida birgalikda suratga tushish, MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi va kengaytirilgan majlislarida ishtirok etish va delegasiya rahbarlarining so`zga chiqishi hamda MDH doirasidagi hamkorlik masalalari bo`yicha o`zaro fikr almashish ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va iqlim o`zgarishi masalalari hamda xavfsizlik sohasida integrasiya aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan bir qator hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, saylov organlari yo`nalishida hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha hamkorlikni nazarda tutuvchi bir necha xalqaro shartnomalar imzolanadi.






