Xabaringiz bor, 2022/2023-o`quv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta`lim shakllari bo`yicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali ro`yxatdan o`tgan abiturientlarni kirish imtihonlarisiz to`lov-shartnoma asosida o`qishga qabul qilinishi belgilangan edi.
Yuqoridagi tartibda o`qishga qabul qilingan o`quvchilar uchun ta`lim jarayonlari 2022 yil 17 oktyabrdan boshlanadi.
Bu haqda Olif va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda. O`qishga kirgan abiturientlar tegishli ta`lim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari so`ralmoqda.
Eslatib o`tamiz, 2022/2023-o`quv yilida kollej va texnikumlarga:
- sirtqi ta`lim shakli bo`yicha 36 140 nafar;
- kechki ta`lim shakli bo`yicha 1 596 nafar;
- dual ta`lim shakli bo`yicha 4 870 nafar abiturient onlayn ro`yxatdan o`tgan.






