AsosiyJamiyat

Paxta terim pullarining o`z vaqtida to`lamagan mansabdorlar javobgarlikka tortildi

'Paxta terim pullarining o`z vaqtida to`lamagan mansabdorlar javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi bosh Davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ma`lum qildi.

 Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 64 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, shundan, call markaz orqali -  40 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali - 23 ta hamda 1ta yozma murojaatlar kelib tushgan.

O`tkazilgan monitoringlar va murojaatlarni o`rganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun  21 nafar mansabdor shaxslarga  ma`muriy jarima tayinlandi, ya`ni  4 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 13 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 4 ta holatda terim pullarining o`z vaqtida to`lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi.  

 

    Boshqa yangiliklar