Urganch shahrida markaz direktori ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori D.B. fuqaro S.dan 4 nafar fuqaroni 4 mln so`m pora evaziga vaqtincha ishsizlik ro`yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, oldindan 2 mln so`mni olib, qolgan 2 mln so`mni ish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






