Taniqli futbol agenti Qahhor Mo`minov mijozi Eldor Shomurodovning nega Rimda qolgani haqidagi savolga javob berib o`tdi.
— "Roma" yozda Shomurodovni qo`yib yubormadi, biroq hamon maydonga tushirmayapti. Eldor joriy mavsum A Seriyada atigi 2 ta o`yinda harakat qildi. U bilan nima bo`lyapti?
— Eldorga "Torino" va "Bolonya"dan jiddiy qiziqish bor edi. Shuningdek, Turkiyaning barcha etakchi klublari va Saudiya jamoalari uni sotib olmoqchi bo`ldi. Lekin "Roma" uni o`z safida olib qolishni istadi. Mourino va bosh direktor bilan suhbatlashdik. Joze bizga matbuotni o`qimaslikni maslahat berdi.
— Nega?
Ma`lum bo`lishicha, Shomurodovni hech kim Rimdan haydamayapti va qo`yib yubormoqchi ham emas. Masalan, Osiyoning moliyaviy baquvvat klublaridan juda katta taklif tushsa, balki o`ylab ko`rishlari mumkinligini ta`kidladi".






