Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Dushanbega tashrifi chog`ida u milliy tojik oshxonasining ba`zi pazandalik sirlarini o`rganishga muvaffaq bo`ldi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Lukashenko uchun "Do`stlik oqshomi" o`tkazdi, deya xabar bermoqda tojik OAVlari. Qayd etilishicha, prezidentlar uchrashuv vaqti nafaqat shahar rezidensiyasini aylanib chiqishdi, balki taomlar qanday tayyorlanayotganini ham tomosha qilishdi.
Shunday qilib, Lukashenko oshpazdan tojik palovini pishirish jarayoni bilan qiziqib qolgan, unga osh tayyorlashning butun ketma-ketligini aniq aytib berilgan.
"Avval suv, keyin guruch? Men esa guruch, keyin suv qo`shdim", — deydi Lukashenko oshpaz bilan suhbatda.
Shundan so`ng Belarus rahbari guruchni katta qozonda o`z qo`li bilan tarqatmoqchi bo`lgan va tandirda tilla kulcha qanday olinishiga ham nazar tashlagan.






