Energetika narxlari keskin o`sishi ortidan Evroittifoq 300 milliard dollar yo`qotadi. Bu haqda Rossiya rahbari “Rossiya energetika haftaligi”dagi chiqishida ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' cayti.
“Agar neftga bog`liq bo`lgan uzoq muddatli shartnomalar imzolanganda, bu yo`qotishlardan qochish imkoniyati bor edi. Spot bozorlari va uzoq muddatli shartnomalar orasidagi farq uch-to`rt barobar”, – degan u.
Rossiya etakchisi Moskva tomonidan hech qanday cheklovlar qo`yilmaganini ta`kidlagan. U RF doimo o`z majburiyatlariga rioya qilishini aytgan. G`arbni esa ikkiyuzlamachilikda ayblagan.
Shu bilan birga Putin energetik resurslar narxiga chegara qo`yadigan davlatlarga Rossiya yoqilg`i etkazib bermasligini qayd etgan.
“Rossiya sog`lom aqlga qarshi ish qilmaydi va o`zgalarning farovonligi uchun to`lamaydi”, – deb fikrini yakunlagan prezident.






