2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston bo`yicha “Tez yordam”ga jami 9 million 662 ming 689 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashevning ta`kidlashicha, mamlakat bo`yicha har 1 000 nafar aholiga o`rtacha 271 ta murojaat to`g`ri kelgan. Shundan 908 ming 592 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizasiya qilingan.
Eng ko`p murojaatlar:
- Farg`ona viloyatida 1 million 123 ming 698 ta (11,6 foiz),
- Andijon viloyatida 1 million 39 ming 160 ta (10,75 foiz),
- Toshkent viloyatida 943 ming 865 ta (9,77 foiz),
- Toshkent shahrida 939 ming 144 ta (9,72 foiz),
- Namangan viloyatida 906 ming 52 ta (9,38 foiz) qayd etilgan.
O`tgan yilning yanvar-sentyabr oylarida tez tibbiy yordamga jami 9 million 233 ming 973 ta chaqiriq kelib tushgan.






