Samarqandda fuqaro S.Bozorova, o`g`li A.Uzoqov va boshqa sheriklari bilan tadbirkorlik niqobi ostida “Temurbek o`g`lonlari QKTM maktabi” nodavlat ta`lim muassasasini tashkil qilib, ko`plab fuqarolardan pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ushbu ta`lim muassasasi Samarqand shahri “Hunarmandlar” MFY Bedil ko`chasi 17-uyda joylashgan bo`lgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlanganlar bo`lsa, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limiga murojaat qilishlarini so`ramoqda.






