AsosiyJinoyat

Farg`ona va Qashqadaryoda o`qishga kiritish hamda o`qishni ko`chirib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi

'Farg`ona va Qashqadaryoda o`qishga kiritish hamda o`qishni ko`chirib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi'ning rasmi

Farg`ona va Qashqadaryoda o`qishga kiritish hamda o`qishni ko`chirib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda qtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Farg`ona tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.M. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, 3 500 AQSh dollari evaziga uni qo`shni Qirg`iziston Respublikasi universitetidagi o`qishini tanishlari yordamida Farg`ona Davlat universitetiga ko`chirib berishini aytib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning G`uzor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Sh. boshqa bir fuqaro E.ni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Shahrisabz Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar