AsosiyJamiyat

Samarqandda 20 ga yaqin IIB xodimi pul mukofotlari bilan taqdirlandi

'Samarqandda 20 ga yaqin IIB xodimi pul mukofotlari bilan taqdirlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining joriy yilning 9 oyi yakuniga bag`ishlangan hisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi. Mazkur yig`ilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo`linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning 9 oylik ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar muhokama qilindi. Yig`ilishni viloyat IIB boshlig`ining o`rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig`i, polkovnik M.Raxmatullaev ochib, joriy yilning o`tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar, yo`l qo`yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga to`xtalib o`tdi.

Yig`ilishda shahar va tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda o`tgan yig`ilish davomida, har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish faoliyati tahlil qilinib, natijalariga ko`ra, namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilar rag`batlantirildi.

Shuningdek, bir qator xodimlarning ota-onalariga Samarqand viloyat IIB boshlig`i polkovnik R.T.Mamatovning tashakkurnomalari topshirildi. 20 ga yaqin xodim Samarqand viloyati IIB boshlig`ining buyrug`i bilan viloyat IIB depozit hisobidagi pul mablag`lari hisobidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Yig`ilish davomida viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazi xodimlari o`rtasida o`tkazilgan "Eng yaxshi ekspert kriminalist" tanlovi g`oliblari ham taqdirlanib, 3 nafar xodim diplom va pul mukofotlari hamda tanlovning respublika bosqichiga yullanmaga ega bo`ldilar.

 

    Boshqa yangiliklar