AsosiyJinoyat

Ohangaronda 28 yoshli ayol erini pichoqlab o`ldirdi

'Ohangaronda 28 yoshli ayol erini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Ohangaronda er-xotin janjali o`lim bilan yakunlardi. Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2022 yil 12 oktyabr kuni soat 01:30 larda Ohangaron shahri, Ohunboboev mahallasida yashovchi 28 yoshli ayol Z.K. xonadonida shar`iy nikohdagi turmush o`rtog`i, 33 yoshli A.Sh. bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, kelishmovchilik sababli o`zaro janjallashib, oshxona pichog`i bilan uni ko`krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Shahar prokuraturasi tomonidan Z.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar