Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil yanvar-avgust oylarida respublikaning boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko`chib kelganlar soni 33 802 kishini tashkil etgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 4 572 kishiga kamaygan.
Toshkent shahriga ko`chib kelganlar:
Erkaklar – 15 967 kishi;
Ayollar – 17 835 kishini tashkil etmoqda.






