AsosiyDunyo

"Menda u bilan uchrashish istagi yo`q". Bayden Putin bilan uchrashish shartini aytdi

'"Menda u bilan uchrashish istagi yo`q". Bayden Putin bilan uchrashish shartini aytdi'ning rasmi

Jozef Bayden "Katta yigirmatalik" sammitida Putin bilan uchrashmoqchi emas. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

"Menda u bilan uchrashish istagi yo`q, ammo agar u sammit davomida kelib: 'men amerikalik Brittni Graynerni ozod qilish masalasida gaplashmoqchiman' desa... Fikrimcha, bu vaziyatga bog`liq", — degan prezident.

Shu bilan birga AQSh rahbari Ukrainasiz Ukraina masalasida gaplashmasligini bildirgan. Bundan tashqari, u Rossiya prezidentini shafqatsizlik va harbiy jinoyatlarda ayblagan.

"Shu sababli men hozir u bilan uchrashishdan ma`no ko`rmayapman", — deb ta`kidlagan Bayden.

O`tgan haftada Rossiya va AQSh etakchilari Indoneziyada noyabrda bo`lib o`tadigan "Katta yigirmatalik" sammitida uchrashishi mumkinligi to`g`risida xabarlar tarqalgandi.

Avvalroq Zelenskiy va Bayden telefon muloqotini o`tkazgandi. 

    Boshqa yangiliklar