11 oktyabr kuni bo`lib o`tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishi doirasida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bir guruh bitiruvchilari bo`sh sudyalik lavozimlari uchun e`lon qilingan ochiq tanlovda ishtirok etdi. Tanlov muqobillik asosida o`tgani bois, kutilganidek, muhokamalar qizg`in kechdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi
matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ochiq tanlov yakunida ilk bor sudyalik lavozimiga taynlovlar amalga oshirildi, natijada sudyalar korpusi 12 nafarga ko`paydi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Qurbonov Bahodir Ibodilloevich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Naimov Dilshod Kaxramonovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Urganch shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Boboev Malik Murotovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Ibragimova Shaxnoza Utkurovna – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Otaboev Jasur Xakimjonovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Bekobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Agzamova Qizlarxon Baxtiyorovna – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Ikramov Abrorbek Kamolidinovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Yangiqo`rg`on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Tillaev Ramz Axmadqulovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Muxtorov Xurshid Sindorovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Abduraimov Xusniddin Kamoldinovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Abduxalikov Shavkatjon Muxamedovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati Bo`ston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Siddiqov Otamurod Murodjonovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
12.10.2022 04:22
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 12 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi






