AsosiyDunyo

BMT: Ukraina aholisining uchdan bir qismi mamlakatni tark etdi

'BMT: Ukraina aholisining uchdan bir qismi mamlakatni tark etdi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma`lum qilishicha, Rossiya hujumlari boshlagan 24 fevraldan beri Ukraina aholisining uchdan bir qismi mamlakatni tark etgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo`yicha ekspertlari tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, ukrainalik muhojirlarning ahvoli baholandi.

Unga ko`ra, urush boshlaganidan keyin Ukraina aholisining uchdan bir qismi mamlakatni tark etgan. Ko`plab ayollar, bolalar, qariyalar va nogiron muhojirlar himoyasiz qolgan.

Muhojirlar va ular oilalarining himoya qilinishi xalqaro huquq talabi ekani, bolalarni himoya qilishga esa alohida e`tibor qaratilishi lozimligi ta`kidlandi.

Boshqa tomondan, BMTning Insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi (OChA), 10 oktyabr kuni Rossiya tomonidan Ukrainadagi tinch aholi yashash joylariga qarshi uyushtirilgan raketa hujumlari natijasida minglab oila elektr va aloqa imkoniyatlaridan mahrum qolganini qayd etdi.

Bayonotda shuningdek, Rossiya hujumlari Ukrainadagi insonparvarlik yordam faoliyatlarini ham to`xtatgani bildirilib, BMTga qarashli tashkilotlarning muhtoj hududlarga yordam etkazib bera olmagani ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar