Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G7 davlatlari etakchilariga Kievga qurol-yarog` etkazib berishni ko`paytirish iltimosi bilan murojaat qiladi.
Zamon.uz' sayti buni ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, “Katta ettilik” etakchilari uchrashib, Ukrainani qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, G7 a`zolari Minsk Ukraina yaqinida qo`shinlarni joylashtirgani uchun Belarusga “ogohlantirish” berishi mumkin.
Ma`lumot uchun, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Amerika rahbari o`z hamkasbiga Kievni barcha zarur narsalar bilan, jumladan, ilg`or havo mudofaa tizimlari bilan ta`minlashda davom etishga va`da bergan.






