Jismoniy shaxslar 2022 yil 1 yanvardan ko`chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida ro`yxatdan o`tkazishi shart.
Davlat soliq qo`mitasi xabariga ko`ra, 2022 yil 1 oktyabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro`yxatga olingan.
Mavjud ma`lumotlar tahliliga ko`ra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o`rtacha oylik 1 mln so`mdan ko`proqni tashkil qiladi.
Hududlarda ijara haqining o`rtacha miqdori esa 630 ming so`mdan 977 ming so`mgacha.
Respublikada ijaraga berilgan turar-joy ob`ektlari:
- 2 mln so`mdan 5 mln so`mgacha – 3 240 ta;
- 5 mln so`mdan ortiq – 255 ta.
Eslatib o`tamiz, Soliq solish maqsadida 2022 yilda ko`chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
- Toshkent shahrida – 15 500 so`m;
- Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so`m;
- boshqa aholi punktlarida - 4 000 so`m etib belgilangan.
Ma`lumot uchun, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`iga tortiladi. Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`lamaydi.
Jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini Soliq mobil ilovasida hisobga qo`yishi mumkin.






