Yig`ilishda har bir mahalla o`zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi aytildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va er solig`ini undirish mahallaning o`ziga o`tkaziladi.
Bunda:
- undirilgan mol-mulk va er solig`i mahalla byudjetida qoladi;
- har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro`yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.






