AsosiyJamiyat

Ombudsman taqdimnomasiga ko`ra kasb kasalligiga uchragan fuqaroga 191 mln so`mdan ortiq sug`urta tovoni to`lab berilmoqda

'Ombudsman taqdimnomasiga ko`ra kasb kasalligiga uchragan fuqaroga 191 mln so`mdan ortiq sug`urta tovoni to`lab berilmoqda'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakiliga (ombudsmanga) fuqaro B.I. sug`urta shartnomasi bo`la turib, sug`urta tovoni to`lab berilmayotganidan norozi bo`lib murojaat qildi.

Arizada ko`rsatilishicha u tog`-kon metallurgiya sohasida 6 yil 10 oy davomida ishlab kelgan. Sog`lig`ining yomonlashgani, yo`tal, ko`krak qafasi, bo`yin va beldagi kuchli og`riqlar hamda kuchli zaiflik sababli tibbiy tekshiruvdan o`tkaziladi. Unga Silikoz — bronx-o`pka apparatining kasbiy kasalligi tashxisi qo`yiladi.

Murojaatchi kasb kasalligini orttirib olgani fakti bo`lsa ham uning murojaati sug`urta kompaniyasi xodimlari tomonidan e`tiborsiz qoldirilgan.

Shundan so`ng, Ombudsman tomonidan sug`urta kompaniyasiga fuqaro B.I. sug`urta shartnomasining yuridik kuchga ega bo`lgan davrida kasb kasalligini orttirib olganiga etarli asoslar borligi va shu nuqtai nazardan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi bo`yicha taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijalariga ko`ra fuqaro B.I. kasb kasalligini orttirib olgani sug`urta hodisasi deb hisoblanib unga jami 191 mln so`mdan ortiq sug`urta tovoni to`lanishi belgilandi.
 

    Boshqa yangiliklar