Internet saytlarida Toshkent shahridagi tumanlarning birida yashovchi uch nafar erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgani bir kishi esa eomada ekani haqida xabar tarqaldi. qolmoqda.
Ta`kidlanishicha, 2022 yilning 8 oktyabr kuni poytaxt tumanlarining birida yashovchi 36 yoshli erkak sog`lig`idan shikoyat qilib, shifoxonaga yotqizilgan. Va spirtli ichimlikdan zaharlanishi oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Bundan tashqari 9 oktyabr kuni aynan shu tumanda yashovchi ikki nafar erkak va bir ayol ham spirtli ichimlikdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. 44 va 65 yoshli erkak, shuningdek, 56 yoshli ayol spirtli ichimlik iste`mol qilib, sog`ligi yomonlashgani sabab shifoxonaga olib kelingan va ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etgan, — deydi manba.
Qo`shimcha qilinishicha, shifoxonaga kecha, 9 oktyabr kuni zaharlanishi sabab olib kelingan 33 yoshli erkak esa ayni paytda komada qolmoqda.
Mazkur holat bo`yicha, Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lumot berdi:
Mazkur holat haqiqatda ham sodir bo`lgani tasdiqlandi.
"Bu bo`yicha Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan" deyiladi xabarda.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






